Skip to Content
Kontragent yaratish

Kontragent yaratish

  1. Контрагенты → Контрагенты bo’limiga o’ting.
  2. Yangi kontragent qo’shish uchun +Контрагент tugmasini bosing.
  3. Kontragent nomini va boshqa siz uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni kiriting, quyidagi maydonlarga e’tibor qarating:
    • Telefon raqami va emailni to’ldiring, shunda siz MoySklad xizmatidan to’g’ridan-to’g’ri qo’ng’iroq qilish va hujjatlarni yuborish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
    • Narx turlarini ko’rsating va chegirmalarni sozlang, shunda ular avtomatik ravishda savdo hujjatlariga qo’shiladi.
    • Kontragentning diskont kartasi raqamini ko’rsating, shunda uni сhakana savdo xizmatida skanerlash yoki qo’lda kiritish orqali avtomatik tanlash imkoniyati bo’ladi.
    • Ushbu kontragent uchun yuridik va bank rekvizitlarini to’ldiring.
    • Фактический адрес-ni kiriting — u avtomatik ravishda Заказ покупателя va Отгрузку da yuklanadi. Agar faktik manzil ko’rsatilmagan bo’lsa, yuridik manzil ishlatiladi.
    • Kontragentga bir yoki bir nechta guruhni tayinlashingiz mumkin. Ularning nomlarini qo’lda yozishingiz yoki ro’yxatdan tanlashingiz mumkin. Yangi guruh yaratish uchun uning nomini yozing va Enter tugmasini bosing.
    • Kontragentga файл qo’shishingiz mumkin — masalan, nakladnaya, akt, shartnoma yoki hisob-faktura. Buning uchun kontragent kartasidagi +Файл tugmasini bosing va kompyuteringizdan faylni yuklang.
  4. Kontragentni saqlash uchun Сохранить, keyin Закрыть’ tugmasini bosing.