Agar siz kontragentlar ma’lumotnomasini ommaviy ravishda import qilish orqali tahrirlamoqchi bo’lsangiz (1000 va undan ortiq kontragent), avval 5-10 ta pozitsiyada test import operatsiyasini o’tkazib, barcha ma’lumotlarning kutilganidek to’ldirilganligini tekshirishni tavsiya qilamiz. Agar test import jarayoni to’g’ri o’tgan bo’lsa, qolgan kontragentlar uchun ham ushbu jarayonni takrorlashingiz mumkin.
Excel (xls, xlsx) va CSV fayllaridan import qilish qo’llab-quvvatlanadi. Faylning maksimal hajmi — 10 MB.
- Контрагенты → Контрагенты bo’limiga o’ting.
- Импорт tugmasini bosing.
- Misol Excel-fayl ni yuklab oling va o’z jadvalingizni ushbu misolga mos ravishda tayyorlang.
- Выбрать файл tugmasini bosing va tayyorlangan faylni kontragentlar ro’yxati bilan yuklang. Oldindan ko’rish oynasi ochiladi.
- Fayldagi kolonkalarni MoySklad dagi maydonlar bilan moslashtiring. Buning uchun kolonka sarlavhasini bosing va ro’yxatdan kerakli maydon nomini tanlang. Agar kolonka yuklanishini xohlamasangiz, ro’yxatdan Не загружать qiymatini tanlang.
- Искать grafasida, MoySklad mavjud kontragentlarni qanday belgi bo’yicha aniqlashini tanlang: kod bo’yicha, nom bo’yicha yoki avtomatik ravishda. Avtomatik rejimda qidiruv avval kodlar bo’yicha, keyin nomlar bo’yicha amalga oshiriladi.
- Faylingizda yangi kontragentlar bo’lib, ularni MoySklad ga o’tkazishni xohlamasangiz, Я хочу обновить только существующих контрагентов bandini belgilang.
- Importni boshlash uchun Загрузить контрагентов tugmasini bosing. Yuklash biroz vaqt olishi mumkin.
- Import holati va uning natijalarini bilish uchun sahifaning yuqorisidagi havolaga o’ting yoki foydalanuvchi menyusidan Настройки → Обмен данными → Импорт ni tanlang.